AsosiyJamiyat

Oq qonga chalingan qizlarga yordam kerak!

Kuni kecha tahririyatimizga umid bilan ikki nafar yordamga muhtoj ona qo`ng`iroq qildi.

Ayni damda ular 2001 va 2002 yilda tug`ilgan Mubinaxon Dilmurodova hamda Madinabonu Mannopova ismli qizlari bilan Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanyapti.

2013 yilning noyabr oyidan beri kasalxonada yotgan bu qizlarga o`tkir leykoz tashhisi qo`yilgan. Bir necha oydan beri qizlarning oila a`zolari farzandlari uchun bor budlarini sarflashgan. Qizlar bir necha bosqichda kimyo terapiyasini olishdi. Hozirda har ikki qizning oilasi moddiy yordamga muhtoj. Qizlarning davosi uchun ishlatiladigan dori-darmonlar juda qimmat, keyingi bosqichdagi davo muolajalari uchun yordam so`rab, ular tahririyatimizga murojaat qilishdi.

Aziz yurtdoshlar, bu qizaloqlardan yordamingizni ayamang! Har birimizning ozgina yordamimiz ham katta kuchga aylanishi mumkin. O`z qoni bilan yordam berish istagida bo`lganlar uchun har ikkala qizning ham qon guruhi IV(+).

Bog`lanish uchun ularning telefon raqami: (998 94) 388-37-32 (Madinabonu onasi), (998 91) 168 08 36 (Mubinaning onasi).

Mubina Dilmurodovaning hisob raqami: 20206000199969681001, MFO: 00903 Poytug` shahri "Milliy banki".

Madina Mannopova hisob raqami: 20206000900000049000 MFO: 00049 INN: 200255334

Orangizda savobtalab insonlar borligi aniq, ularga ushbu xabarni etkazib qo`ysangiz ham katta yordam bo`lardi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar