AsosiyJamiyat

O`zbekistonda mansabdor shaxslarning horijga chiqishlari uchun maxsus ruxsat kerak bo`ladi

Endilikda O`zbekistonda ayrim davlat amaldorlari horijga faqat mamlakat Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining tegishli xizmatlaridan olingan maxsus ruxsatnoma bilan chiqa oladilar.

Chet elga maxsus ruxsatnoma bilangina chiqa oladigan amaldorlar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning horijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risi”dagi Qarori bilan tasdiqlangan. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

5 mart kuni imzolangan mazkur hujjat mansabdor shaxslarning chet mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish, xizmat safarlari samaradorligini oshirish, O`zbekiston Respublikasi milliy havfsizligini ta`minlash va davlat sirlarini saqlash maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Qarorda qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to`g`risida”gi qonunida davlat siri yoki harbiy sir bo`lgan ma`lumotlar bilan ishlayotgan yoki ishlagan O`zbekiston fuqarolarining huquqlari o`zlarining yozma roziliklari asosida cheklanishi mumkinligi belgilab qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar