AsosiyJamiyat

O`zbek so`zanasi Londondagi Sotheby’s auksionida qariyb 44 ming funt sterlingga sotildi

To`rt dona o`zbek milliy so`zanasi Londondagi Sotheby’s  auksionida 43 875 funt sterlingga sotildi. Bu haqda UzDaily  nashri xabar bermoqda. 

Auksion 5 mart kuni “Ko`rishning ming usuli: Stenli J. Sigerning xususiy kolleksiyasi” auksion-ko`rgazmasi doirasida bo`lib o`tdi. 

Savdoga 19 asrda tayyorlangan ikkita Shahrisabz, bitta Buxoro va Lakhai so`zanasi qo`yilgan. 

Qayd etish joizki, Lakhai so`zanasining boshlang`ich bahosi 2-4 ming funt bo`lib, u 27,5 mingga sotilgan. Shahrisabzning ikkita so`zanasi boshlang`ich bahosi esa 1,5 -1,2 ming funt bo`lib, ular 3,25 ming hamda 8125 funt sterlingga sotildi.  

    Boshqa yangiliklar