AsosiyJamiyat

ALIShER USMONOV O`ZBEKISTONGA IMKON QADAR YoRDAM BERIShINI MA`LUM QILDI

'ALIShER USMONOV O`ZBEKISTONGA IMKON QADAR YoRDAM BERIShINI MA`LUM QILDI'ning rasmi

Alisher Usmonov Reuters'ga bergan intervyusida, O`zbekistonning yangi rahbariga tashqi dunyoga ochilishga va O`zbekistonga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda “Uznews.uz” ma`lum qilmoqda.

"Men qo`limdan kelganicha O`zbekistonga yordam berishga tayyorman va shunday qilyapman ham, - dedi Usmonov agentlikka telefon orqali bergan intervyusida. - Mening bugungi kundagi rolim - maslahatlashuvlar, maslahatlashuvlar va xayriya loyihalari".

U sarmoyalarga batafsil to`xtalmadi, faqat gap orasida o`zi 49 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Rossiyaning USM xolding kompaniyasi va O`zbekistonning metallurgiya zavodi o`rtasida aloqalar mustahkamlanayotganini aytib o`tdi. Milliarder bu aloqalarning qaysi bosqichda ekaniga oydinlik kiritmadi.

    Boshqa yangiliklar