AsosiyJamiyat

XALQ DEPUTATLARI QAShQADARYo VILOYaT KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI O`TKAZILDI

'XALQ DEPUTATLARI QAShQADARYo VILOYaT KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI O`TKAZILDI'ning rasmi

Sessiyada viloyat hokimi Zafar Ro`ziev bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan xalqning sog`ligini va tinchligini saqlash eng ustuvor vazifa sifatida belgilanganligini, sud huquq tizimida bir qator islohotlar o`tkazilganligini, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularning barvaqt profilaktikasi tashkil etilganligi sababli, viloyatimizda umumiy jinoyatchilik o`tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga kamayganligini bildirdi.

1-masala yuzasidan so`zga chiqqan viloyat prokurori B.B.Po`latov joriy yilning 11 oyi davomida sud-huquq va huquqbuzarliklarning prpofilaktikasi yo`nalishida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklarga ham yo`l qo`yilganligini, jumladan ushbu yo`nalishda davlat organlari hamda korxona, muassasa tashkilotlar, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari bilan o`zaro hamkorlik etarli darajada ta`minlanmaganligini, o`zaro axborot almashish tizimi to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligini, 360 nafarga yaqin uzoq muddatdan qaytib kelgan shaxslar tibbiy ko`rikdan o`tkazilmasdan qolganligini, maktab va kasb-hunar kollejlarida ishlab kelayotgan psixologlarning 30 foizi nomutaxassis xodimlardan iborat ekanligini bildirdi.

2-masala yuzasidan so`zga chiqqan viloyat IIB boshlig`i podpolkovnik D.T.Tursunbaev viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar 17 foizga kamayishiga erishilgan bo`lsada, ayrim sektorlarda jumladan, Qarshi tumani IIB boshlig`i, Qarshi tuman hokimi, Kitob tuman prokurorining hududidagi mahallalarda jinoyatlar ko`payishiga yo`l qo`yilganligi, shu bilan birga ayrim mahallalarda jinoyatlar salmog`i yuqoriligicha qolayotganligini, ta`lim muassasalaridagi ayniqsa ayrim kasb-hunar kollejlaridagi davomat hanuzgacha pastligicha qolayotganligini, shu bilan birga maktab va kasb-hunar kollejlarining ayrim o`qituvchilari ham darslarga kechikib kelayotganligi yoki umuman sababsiz ishga kelmayotganligi kabi holatlar ham uchrab turganligini bildirib, kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini ta`minlash uchun “Jamoatchilik nazorat maskanlari”ni barcha mahallalarda tashkil qilib, ularni rag`batlantirish uchun “Eng yaxshi jamoatchilik nazorat maskani”, “Eng yaxshi jamoatchilik vakili” tanlovlarini muntazam o`tkazib borishni, oilalarni 4 toifaga ya`ni, namunali, yaxshi, notinch-jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, kam ta`minlangan toifalariga bo`lib ularning ro`yxatlarini shakllantirishni va boshqa bir qator takliflarni ilgari surdi.

Sessiya so`ngida viloyat hokimi Z.Ro`ziev ma`ruzachilarning takliflaridan kelib chiqqan holda viloyatda 2017 yil 5 dekabr kunidan 25 yanvar kuniga qadar “Jinoyatichilik va huquqbuzarlikka qarshi zarbdor 50 kunlik” deb e`lon qilinishi vazifasi belgilab berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar