AsosiyJamiyat

BEKOBODDAGI KUChLI ShAMOL AHOLIGA JIDDIY JARAR ETKAZDI

'BEKOBODDAGI KUChLI ShAMOL  AHOLIGA JIDDIY JARAR ETKAZDI'ning rasmi

Joriy yilning 7 dekabr kuni soat 07:00 dan 18:00 gacha Bekobod shahrida shamolning 28 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Buning oqibatida ko`pgina aholi yashash uylari va qator korxonalarda elektr va gaz ta`minotida uzulishlar, daraxtlarning sinishi kuzatilib, shaharda yashovchi bir nechta aholi qisman moddiy zarar ko`rdi.

Kuchli shamolning oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha Toshkent viloyat hokimining birinchi o`rinbosari boshchiligida shahar hokimiyatida FVB, IIB, shahar kommunal xizmati va boshqa mutassadi tashkilotlarning vakillaridan tashkil topgan tezkor shtab tashkil etilib, bevosita kuch va vositalar safarbar qilindi.

Tashkillashtirilgan avariya-tiklash ishlari natijasida yuzaga kelgan elektr, gaz va suv ta`minotidagi avariyalar soat 12:50 dan 22:00 ga qadar bartaraf etildi. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, sog`-salomat o`z uylariga jo`natildi

    Boshqa yangiliklar