AsosiyJamiyat

SODIR BO`LGAN YoNG`INLARGA NIMA SABAB BO`LDI

'SODIR BO`LGAN YoNG`INLARGA NIMA SABAB BO`LDI'ning rasmi

Farg`ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro Sh.A.ning uyida maishiy gaz ballondan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida joylashgan «Nasional Silk Kotton» MChJga tegishli ip yigiruv korxonasining omborxonasida yong`in sodir bo`lib, omborxonaning 90 kv. metr maydonda tom va ichki qismi hamda yong`in qo`shni yashash uylariga o`tishidan 30 kv.metr maydonlarda tom qismlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Xamroh ko`chasi 4-uy oldida turgan «Vagon Depo» AJga tegishli «Damas» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lgan. Yong`in natijasida avtomobil butkul yonib zararlangan. Yong`in o`chirish vaqtida avtomobil xaydovchisi J.S. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga joylashtirilgan.

Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi fuqaro T.K.ning uyida sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, 15 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan hamda yong`in o`chirish vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida yashovchi D.A.ning uyidagi isitish pechi mo`risining nosozligi natijasida yong`in kelib chiqib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shifti qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Toshkent shahar M.Ulug`bek tumanida yashovchi fuqaro L.P.ning uyida yong`in sodir bo`lib, uyning 5 kv.m. maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in oqibatida uy egasining o`g`li kuyish tan jarohati olgan.

Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi I.J.ning uyidagi isitish pechi mo`risining nosozligi natijasida yong`in kelib chiqib, uyning 120 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar