AsosiyJamiyat

DABDABABOZLIKLARSIZ TO`Y-HAShAMLAR

'DABDABABOZLIKLARSIZ TO`Y-HAShAMLAR 'ning rasmi

Joriy yilning 1 - 4 dekabr kunlari Toshkent viloyatining Chinoz, Oqqo`rg`on, Piskent, Yuqorichirchiq va Quyichirchiq tumanlarida yuqoridagi kabi “namunaviy to`ylar” o`tkazildi.

Yosh kelin-kuyovlarning baxtli onlari tuman FHDYo bo`limlari tomonidan tantanali ravishda qayd qilinib, nikohlanuvchi yoshlarga yangi hayot bo`sag`asiga kirish uchun aytilayotgan tilak va istaklar bilan bir qatorda ularga oila psixologiyasi, yoshlarning oiladagi huquq va majburiyatlari, yosh avlod tarbiyasiga oid kitoblar ham tuhfa etildi.

Bunday ixcham tarzda o`tgan to`y marosimlarida to`yxona egalari va yoshlarning alohida ko`tarinki kayfiyatda bo`lishi, uning o`yin-kulgi va alohida bir fayz bilan o`tganligi kuzatilishi bilan bar qatorda, oila byudjetini iqtisod qilinishi hamda yosh oila hayotining moliyaviy barqarorligini oshirilishiga zamin yaratganligini ko`rsatish joiz.

Ushbu to`y marosimlari markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Xulosa o`rnida davlatimiz rahbarining “To`y-ma`raka – bu faqat shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy masala” degan fikrlarini ta`kidlagan holda bu kabi marosimlarni o`tkazish ma`lum bir cheklovlarni nazarda tutmasligini, balki to`y-hashamlarni ixchamlashtirib, isrofgarchilikga yo`l qo`ymasdan o`tkazish har bir fuqaroning burchi va bugungi kunda yurtdoshlarimizga barcha imkoniyatlar eshigi ochiqligini ko`rsatish lozim.

Qolaversa to`y-hashamlarni o`tkazishda turli ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish natijasida iqtisod qilingan mablag`larni kelgusida oila manfaatlari yo`lida, yoshlarning baxti va kelajagi uchun sarflash maqsadga muvofiqdir.

Toshkent viloyati bo`yicha “namunaviy to`ylar” loyihasi asosida to`y-hashamlarni o`tkazish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar