Rossiyada esa ularning mehnat, dam olish va ijtimoiy huquqlari kafotlatlanadi.
Mehnat migrantlariga Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati davomida, bir qator huquqlar kafolatlanadi. Ular orasida Rossiya qonunlariga ko`ra mehnat qilish, dam olish, tibbiy sug`urta, ijtimoiy huquqlar va nafaqa olish huquqi bor.
Qonunda ish beruvchi mehnat migrantlariga eng kam ish haqqidan kam bo`lmagan miqdorda maosh to`lashi, turar joy bilan ta`minlashi, alohida hollarda kelish-ketish xarajatlarini qoplashi ham nazarda tutilgan.
Ish beruvchi mehnat migranti bilan imzolangan shartnomaning bekor qilinishi haqida Rossiyaning taaluqli organlari hamda O`zbekiston Tashqi Mehnat migrasiyasi agentligiga xabar berishi kerak.






