AsosiyJamiyat

Goaga parvoz amalga oshirayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo`ndi

O`tgan kecha Toshkent aeroportiga “Krasnoyarsk-Goa” yo`nalishida parvoz amalga oshirayotgan “YuTeyr” aviakompaniyasiga qarashli samolyot favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Aviakompaniya ma`lumotlariga ko`ra, 230 yo`lovchidan hech biri jabrlanmagan.

Boing 757-200 samolyotining majburiy qo`nishiga havo kemasidagi tizimlardan birida nosozlik borligi to`g`risida datchikning ogohlantiruv signali sabab bo`lgan. Bort komandiri Toshkent aeroportiga qo`nish to`g`risidagi qaror qabul qilib, mahalliy vaqt bilan 23:50 da poytaxtimizga qo`ngan. Aviakompaniya mutaxassislarining xulosalariga ko`ra, ekipaj harakati havo qonunchiligiga muvofiq holda to`g`ri amalga oshirilgan.

Krasnoyarsklik sayyohlar Rostov-na-Donudan Toshkentga uchib keladigan huddi shu modeldagi zahira samolyotida Goaga tahminan 17:30 yoki 18:00 uchishadi.

Toshkentda yo`lovchilar bilan aviakompaniya xodimlari shug`ullanib, ularni vaqtincha mehmonxonalarga joylashgan, yo`lovchilar barcha zaruriy sharoitlar bilan ta`minlangan.

    Boshqa yangiliklar