AsosiyJamiyat

O`zbekiston temir yo`llari yangi zamonaviy texnika xarid qildi

Toshkent Markaziy vokzalida Avstriyadan keltirilgan yangi temiryo`l majmuasining taqdimoti bo`lib o`tdi.

Podrobno.uz nashrining xabar berishicha, mazkur texnika Avstriyaning “Plasser & Theurer” firmasining eng so`nggi ishlanmalaridan biri hisoblanadi. Firma qurilish, yo`llar hamda aloqa tarmoqlarini saqlash hamda ta`mirlash uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi.

Yangi temiryo`l kompleksi uchta texnologik qismdan iborat bo`lib, ularning har-biri yo`llarni qurish hamda sifatini tekshirib borishda alohida vazifani bajaradi. Uning ishlash tezligi bir sutkada 4-5 kilometrni tashkil qiladi.

Yil yakuniga qadar “O`zbekiston temir yo`llari” DATK shunday komplekslardan yana ikkitasini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar