1

“BUG`LI MUOLAJALAR KIMLARGA MUMKIN EMAS?”

Salomatlik 11.12.2017, 19:36
“BUG`LI MUOLAJALAR KIMLARGA MUMKIN EMAS?”

— Qizimning tez-tez tomog`i og`rib qoladi. Bunday paytlarda issiq bug`li muolajalar (ingalyasiya) qilinishi mumkinmi? Umuman qaysi tomoq kasalliklarida ingalyasiyaga ruxsat etiladi, qaysilarida esa aksincha?

Xumora Doniyorova, Samarqand viloyati

Timur MADAZIMOV, LOR-shifokori:

— Maxsus preparatlar yordamida o`tkaziladigan ingalyasiya muolajasi issiq va sovuq turlarga bo`linadi. Sovuq ingalyasiya poliklinika yoki stasionar sharoitida, ultratovushli yoki kompressorli ko`rinishda o`tkaziladi. Issiq ingalyasiyani esa uy sharoitida bajarish mumkin. Ammo har ikkisi ham faqat shifokor maslahati bilan bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Ingalyasiya loringit, traxeit va bronxit xastaliklarida, bir kunda 1-2 marotaba amalga oshirilishi mumkin. Tomoq bodomcha bezlarining yiringli kasalliklari, masalan, anginada ingalyasiya qo`llanilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1