AsosiyJamiyat

Apreldan issiq suv narxi ko`tariladi

Joriy yilining 1 aprelidan e`tiboran Toshkentda markaziy isitish tizimi hamda issiq suv narxlari oshiriladi. Bu haqda “Toshissiqquvvat” korxonasi xabar beradi.

Isitish tizimi narxi 1 apreldan kvadrat metr uchun 705,42 dan 787,95 so`mgacha oshiriladi. O`sish cura`ati 1,69% tashkil qiladi.

Issiq suvning yangi tarifi hisoblagich o`rnatilmagan holda kishi boshiga 8827,81 o`rniga 9860,67 so`mni tashkil qiladi, o`sish - 11,7%. Hisoblagich o`rnatilgan xonadonlarda bir kubometr issiq suv narxi 2524,99 so`mni, hozirda bu ko`rsatkich 2260,51 so`m, o`sish surati - 11,7%.

Umumiy turarjoylarda aholi uchun tarif hozirgi 6567,04 o`rniga 7335,38 so`mni tashkil qiladi.

“Toshissiqquvvat” korxonasi ma`lumotlariga ko`ra, narxlar ko`tarilishi energotashuvchilar va hom-ashyolar narxi o`sishi bilan bog`liq.

    Boshqa yangiliklar