AsosiyJamiyat

Malayziyaning yo`qolgan laynerini izlashga O`zbekiston ham ko`mak beradi

Malayziya TIV O`zbekiston va yana 22 davlatdan Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysini amalga oshirayotganda yo`qolgan Boing-777-200 laynerini qidirishga ko`maklashishini so`radi.

Interfaks xabariga ko`ra, mamlakat Mudofaa vaziri Xishamuddin Xusayn samolyotning yo`qolishiga kimlarningdir yovuz niyatlari sabab bo`lganini aytgan.

Hozirda 8 mart kuni yo`qolgan laynerni qidirish ishlarida ishtirok etayotgan mamlakatlar soni 14 dan 25 tagacha o`sdi. Ular orasida - Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Xitoy, Myanma, Laos, Vetnam, Tailand, Indoneziya va Avstraliya bor, deya ta`kidlaydi Mudofaa vaziri.

    Boshqa yangiliklar