15 mart kuni mamlakatimiz bo`ylab o`tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 12 milliondan ortiq aholi ishtirok etdi. Bu haqda “Mahalla” xayriya jamg`armasi ma`lumot berdi.
Hasharchilar tomonidan 28 ming gektar maydon obodonlashtirildi, 19 ming kilometr ariq-zovurlar tozalandi, tabarruk qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirildi, daraxtlar oqlanib, axlatlar tozalandi.
Hashar doirasida 9 million mevali ko`chatlar va 7 million manzarali daraxtlar ekildi, shuningdek, 10 million tup gul o`tkazildi.
Xayriya hashari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi farmoyishiga muvofiq joriy yilning mart-aprel oylarida mamlakatimizda e`lon qilingan Obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish oyligi doirasida o`tkazildi.