AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON BOSh PROKURATURASI FEDERAL TERGOV BYuROSI BILAN KELIShUV IMZOLADI

'O`ZBEKISTON BOSh PROKURATURASI FEDERAL TERGOV BYuROSI BILAN KELIShUV IMZOLADI'ning rasmi

AQSh adliya vazirligi huzuridagi Federal tergov byurosi shtab-kvartirasida O`zbekiston Bosh prokuraturasi va FTB o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri xabar bermoqda.

Hujjatni O`zbekiston bosh prokurorining birinchi o`rinbosari M.Azimov va FTB direktori o`rinbosari vazifasini bajaruvchi J.Uolker imzoladi.

O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi xabariga ko`ra, muzokaralar jarayonida mazkur hujjat ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari o`rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurash va inson asosiy erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirishi qayd etilgan.

Memorandumda qonunchilik va huquqni joriy etish amaliyoti, tergov va ushbu sohada tadqiqotlar o`tkazishning nazariy va amaliy ko`nikmalarini chuqurlashtirishning ilg`or uslublari va zamonaviy mexanizmlari haqida axborot va tajriba almashish ko`zda tutilgan.

Ta`kidlanishicha, ushbu hujjatning mavjud emasligi uzoq yillar davomida ikki mamlakat tegishli organlarining tezkor hamkorlik qilishlariga to`sqinlik qilib kelgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar