AsosiyJamiyat

​O`Z IXTIYoRI BILAN VATANIGA QAYTGAN, EKSTREMIZM BILAN BOG`LIQ JINOYaT SODIR ETIB QIDIRUVDA BO`LGAN ShUKUROV MIRShODBEK SUD TOMONIDAN OChIQDA QOLDIRILDI

Buxorov viloyati IIBning ma`lum qilishicha, Buxoro shaxar Orifon ko`chasi 9-uyda yashagan, 1991 yilda tug`ilgan Shukurov Mirshodbek ham ko`p fuqarolarimiz kabi, Rossiya Federasiyasida pul ishlash maqsadida jo`nab ketgan edi. U Moskva shaxrida turli joylarda ishlab, o`zining oldiga qo`ygan maqsadlariga erisha olmadi, uning mumaygina pul topish niyati chippakka chiqdi, bu orada ishlari yurishmagan M.Shukurov yurtidan olisda, oilasidan yiroqda nazoratsiz qolib internet tarmog`ida turli ekstremistik guruhlarning ta`siriga tushib qoladi. Yoshligi va qiziquvchanligi oqibatida u “Odnoklassniki” saytida o`zining shaxsiy sahifasini ochib turli terrorchi tashkilotlar yollovchilari ta`siriga tushib, ular tomonidan tayyorlangan taqiqlangan materiallarni internet orqali o`zining do`stlari va tanishlariga tarqatib kelish bilan shug`ullanadi.

Uning kirdikorlari huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan o`z vaqtida aniqlanib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni internet jahon axborot tarmog`idan foydalanib tarqatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruv e`lon qilanadi.

Buxoro viloyat IIB hodimlari tomonidan qidiruvdagi M.Shukurovni vatanga qaytarish maqsadida uning oila a`zolari va o`zi bilan hozirgi kunda respublikamizda “sud-huquq” tizimidagi islohotlar, qolaversa Prezidentimizning diniy ekstremizm yo`nalishda jinoyat sodir etib qidiruvda bo`lgan hozirda chet davlatlarda yashirinib yurgan fuqarolarimizni yashash manziliga qaytarish, ularni sog`lom hayot kechirishlarini ta`minlash, adashib bu yo`lga kirib qolgan fuqarolarimizga qonuniy engillik berish bo`yicha bergan ko`rsatmalari etkazildi.

Xayrli ishning o`z samarasi bo`lgani kabi, qidiruvdagi M.Shukurov bilan telefon orqali suhbatlar va oila a`zolarining, ayniqsa, qarib qolgan ota-onasining chaqiruvlari bilan 2017 yil avgust oyida vatani Buxoroga qaytib keldi. M.Shukurovning Rossiya Federasiyasidagi noqonuniy harakatlari yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari yakunlanib, unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborildi. Sud jinoyat ishi materiallarini to`liq o`rganib chiqib, M.Shukurovga nisbatan “qamoq” bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlandi.

Hozirda M.Shukurov o`zi tug`ilib o`sgan uyida ota-onasi va yaqinlari bag`rida yashab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar