1

​QALB LIBOSI

Mutolaa 15.12.2017, 10:50
​QALB LIBOSI

Inson qalbini ko`rgan odam bormi?

«Insonning qalbi bor, ammo u qaerda, rangi qanday, qattiqmi yoki yumshoqmi» -degan savollarni ko`pchilik o`ylab ko`rmagan bo`lishi mumkin.

Qalb – mehrning makoni, ishq uyi, sevgi jilolanadigan maskandir. Xuddi ichingizda mehr solish uchun idish bordek.

Qalbingizni his qiling-chi? Mehr idishingizni ichida nima bor? U to`lami?

Uning ichida mehr, ishq, sevgi, yaxshi ko`rish, ishonch bormi?

Biz hayotda bu so`zlarni juda ko`p ishlatamiz.

“Men mushuklarni yomon ko`raman” yoki

“men qushlar sayrashini juda yaxshi ko`raman”.

“Men o`zimni yaxshi ko`rishni bilmayman” deyishingiz mumkin.

Erkak xiyonat qilib, xiyonatni oqlash uchun “sevgi” deb atasa, ona farzandini urib, “yaxshi ko`rganim uchun, tarbiyalash uchun urdim, nima qilay, o`zimniyam jonim og`riydi” desa.

Bu sevgini qanday tushunish mumkin?!

Er ichib kelib, kun bo`yi boshi og`rib yotsa, xotin erni yaxshi ko`rganidan yana bir piyola zahri qotildan quyib bersa... Sevgi yo`lidami bu?

Har bir inson sevishga va sevilishga ichki ehtiyoj sezadi.

Bu ehtiyoj qondirilmagunicha insonning qalb kosasi bo`shligicha qolaveradi.

Inson ehtiyojni qondirish yo`lida o`zini to`xtata olmaydi.

Qorningiz ochganida qattiq nonni ko`zingizga surib eganingizni eslang.

Bir qultum suv ichgingiz kelib chanqaganingizni eslang.

Shu kabi qalbning qorni ochadi, chanqaydi, liboslarini kiyib zavqlangisi keladi.

Qalb kosasi mehrga to`lmagan insonni tanib olish oson.

Bu inson ko`p kasal bo`ladi, ko`p gapirgisi kelmaydi, hech narsa yoqmaydi, o`zgalar dilini og`ritadi.

Qattiqqo`llik, mehrsizlik, alamzadalik uning yuzidan bilinadi.

Ovozidagi bo`g`iqlik hayron qoldirishi mumkin.

Ba`zan zoriqish bilan insonlarga boqadi.

Ba`zan tilanchilardek, kimgadir suyanish uchun elka qidiradi.

Mehr etmasligiga hammani ayblaydi... faqat o`zini emas!!!

Mehrga tashna inson hech qachon qancha mehr bersa o`shancha mehrga qonishini anglamaydi.


Manba: Hmdoyat sari, ilmiy, ma`rifiy va ijodiy kanal.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1