AsosiyShou-biznes

Rayxon konserti haqidagi ayrim e`tirozlarga qat`iy javob qaytardi!

'Rayxon konserti haqidagi ayrim e`tirozlarga qat`iy javob qaytardi!'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayxon Ganievaning instagramiga joylagan yangi “Post”i ko`pchilikni hayron qoldirgani aniq. Ayni kunlarda hisob bo`yicha o`n beshinchi yakkaxon dasturiga tayyorlanayotgan xonandaning fikrlariga siz ham e`tibor bering.
“Hurmatli jonli ijroni “Tushunadigan” insonlar! Jonli ijro yoki fonogramma haqida izoh yozishdan avval, san`at haqida biroz bo`lsa ham tushunchaga ega bo`lishingiz kerak, nazarimda. Ayniqsa, suratlarga anonim tarzda izoh yozuvchilar, siz o`zingizni noo`rin gaplaringiz bilan konsertga tayyorgarlik ko`rayotgan yuzlab insonlarning mehnatiga hurmatsizlik qilayotganingizni o`ylab ko`rdingizmi? Menimcha, har narsada yomonlikni izlashdan ko`ra, o`z hayotingizga va yaqinlaringizga vaqt ajrating. O`zingizni seving va baxtli bo`lishga harakat qiling…” deydi u, o`z instagram sahifasida.
Shu o`rinda mana shu mavzu yuzasidan bir ma`lumotga diqqat qaratishingizni so`rardik! ” Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” gi Qonunida “O`zbekiston hududidagi konsertlarda ijro etiladigan qo`shiqlarda birgina elektron musiqadan qo`llanilsa, barcha hujjat va reklamalarda “Fonogramma orqali ijro etiladi” , deb ko`rsatilishi shart”, deb yozilgan. Shu kungacha, yurtimizdagi barcha tadbir va konsertlarda bu qonunga amal qilib kelinyapti. Aynan Rayxon Ganievaning yakkaxon dasturiga kelsak, bilamizki, uning aksariyat qo`shiqlari – zamonaviy yoshlarbop yunalishda. Ularga musiqiy bezak berishda albatta kompyuter tehnikasidan foydalaniladi. Demak, xonanda va tashkilotchilar O`zbekiston Respublikasining qonun doirasida ish qilishyapti. Arzimagan joyda kamchilik izlab, tanqid kilayotgan “muxlislar” esa yuqoridagi ma`lumotdan o`zlariga kerakli xulosa chiqarib olishadi, degan umiddamiz!
Xulosa o`rnida esa siz sevgan Rayxon va uning ahil ijodiy guruhi bilan fevral oyida haqiqiy ShOU dastur taqdim etishga hozirlik ko`rishayotganini alohida ta`kidlab o`tmoqchimiz. Unutilmas shou konsert tafsilotlarini kuzatib boring!

    Boshqa yangiliklar