Xalkaro huquqiy hamkorlik fondi (IRZ) tashabbusi bilan 2017 yil 15 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishchi guruhi Germaniya notariuslar uyushmasida o`tkazilgan yig`ilishda va O`zbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasida tashkillashtirilgan brifingda qatnashdi.

Brifingda ishchi guruh a`zolari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida,xususan, O`zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustivor yunalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, sud-huquq tizimidagi yangiliklar bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi.
Shuningdek, notarial faoliyatni yanada takomillashtirish, O`zbekistonda notariatning byudjetdan tashqari faol modelini joriy etish maqsadida, Evropa tajribasining ijobiy tomonlarini milliy qonunchiligimizda aks ettirish va notariat institutini yangi bosqichga ko`tirish bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yish taklif etildi.






