1

“SINGLIMGA QO`YILGAN TAShXISDAN XAVOTIRDAMAN!?”

Salomatlik 18.12.2017, 12:40
“SINGLIMGA QO`YILGAN TAShXISDAN XAVOTIRDAMAN!?”

— Singlimga qorin churrasi tashxisi qo`yildi. Bu qanday kasallik? Hali yosh bo`lsa, churraning kelib chiqishiga nima sabab bo`lishi mumkin yoki tug`ruqdan keyingi asoratmikan? Endi davolasa bo`ladimi? Keyinchalik yana qaytalanmaydimi?

Ozoda Komilova, Toshkent viloyati

Oybek SATTAROV, tibbiyot fanlari nomzodi:

— Qorin churrasi, bu – qorin bo`shlig`idagi biror bir a`zoni qorin pardasi bilan birgalikda tabiiy yoki suniy teshiklar orqali tashqariga, yani teri osti yog` qavatiga chiqib qolishidir. Qorindagi tabiiy teshiklardan chiquvchi churralar ko`pincha kindik, chov va son halqalaridan yoki qorin oq chizig`idan chiqib qoladi. Suniy teshiklardan esa biror bir jarohat tufayli qorin devorini zararlanishi oqibatida noodatiy joydan churra bo`lib chiqadi. Boshlang`ich davrda churralar jismoniy harakat, zo`riqish va tik turgan holatda qorin yuzasida bo`rtib turadi va yotgan holatda yoki bo`shashganda ichkariga kirib ketadi. Asoratlanganda esa churra umuman ichkariga kirmay qoladi. Qorin churralarida ochiq usulda churrakesish jarrohlik amaliyotlari bajarilsa qaytalanish ehtimoli 10 foizni tashkil etadi. Churra kesish implantan (setka) qo`yish amaliyotida qaytalanish ehtimoli 4-5 foizga kamayadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1