1

“DORILAR YoRDAM BERMAYaPTI, NIMA QILAY?”

Salomatlik 18.12.2017, 13:12
“DORILAR YoRDAM BERMAYaPTI, NIMA QILAY?”

— Bosh og`rig`iga qarshi qilmagan muolajam qolmadi hisob. Hatto eng kuchli dori vositalaridan ham naf bo`lmayapti. Siz nimani maslahat berasiz?

Shohida Ortiqova, Buxoro viloyati

Munira ALIEVA, shifokor-nevrolog:

— Aksariyat bemorlar bosh og`rig`iga e`tiborsiz bo`lishadi, og`riqsizlantiruvchi preparatlar yana allaqanday usullarning vaqtinchalik ta`siri bilan ovunishadi. Ammo o`z vaqtida murojaat qilmaslik, muammoni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin. Boshdagi og`riqning sabablari ko`p, ular orasida qon bosimining ko`tarilishi yoxud pastlashidan boshlab to surunkali charchoq asoratlarigacha ko`rish mumkin. Shuni ham alohida ta`idlash joiz, og`riqsizlantiruvchi dori vositalaridan muntazam foydalanib bo`lmaydi. Organizmning immun tizimi zaiflashibgina qolmay, sezuvchanlik hissi ham asta-sekinlik bilan yo`qoladi. Shu tariqa kuchli ta`sirga ega preparatlarni qabul qila boshlaganingizni bilmay qolasiz. Sizga maslahatim, mustaqil davolanishni bas qiling-da, magnit rezonas tomografiya tekshiruvidan o`ting. Bosh miyadagi o`zgarishlarga baho berilgach, og`riqning asl sababini bilish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1