1

MOYChEChAKDAN DAMLAMALAR

Salomatlik 18.12.2017, 13:37
MOYChEChAKDAN DAMLAMALAR

Moychechak gullaridan tayyorlangan dorivor vositalar (qaynatma, damlama, malham, sharbat, nastoyka, yog`) miya, bosh, tish, quloq, ko`z og`riqlarini, oshqozon-ichak, asab, o`pka, jigar, buyrak, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda azaldan xalq tabobatida keng qo`llanib kelingan.

  • Jumladan, qaynatma uchun moychechakning quritilgan gulidan 10 gramm olib, 200 gramm qaynoq suvda 5-7 daqiqa qaynatiladi. So`ngra tindirib, suzib olinadi.
  • Damlama uchun esa 1 osh qoshiq quritilgan moychechak guli 1 stakan qaynoq suvda salkam bir soat damlab qo`yiladi. So`ngra dokadan suziladi. Damlamaning 1/3 qismi kuniga 3 mahaldan ovqatdan oldin iliq holda ichiladi. Davolanish kursi 25-30 kun.
  • Shuningdek, sovuq suvda ham damlama tayyorlash mumkin. Buning uchun 10 choy qoshiq quritilgan moychechak guli 2 stakan sovuq suvda 8 soat damlab qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1