AsosiyJamiyat

Davlat organi rahbari qabuliga onlayn tarzda yozilish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida aholining O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunida belgilangan asosiy huquqlaridan biri - fuqarolarning mas`ul mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinishi huquqini amalga oshirish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi.
Foydalanuvchilar davlat organi rahbari qabuliga onlayn tarzda yozilish imkoniga ega bo`ldilar. Agar foydalanuvchi aynan qaysi tashkilot uning masalasini hal etishga mas`ul ekanligi hususida ma`lumotga ega bo`lmasa unda sohani tanlash yoki kalit so`zni kiritish yo`li bilan mas`ul tashkilotni topish imkoniyati mavjud.
Qonunga muvofiq fuqorolarni qabul qilish o`rnatilgan vaqt va saotda amalga oshiriladi. Qabul qilish tartibi esa tashkilot rahbarlari tomonidan belgilanadi. Shu boisdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilarga tashkilotda fuqorolarni qabul qilish tartibidan kelib chiqib qabul qilish vaqtlarini taklif qiladi.
Shuni aytish joizki yangi joriy qilingan ushbu xizmat foydalanuvchilar tomonidan Yagona portalda joriy qilish uchun taklif qilingan xizmatlar orasida eng ko`p taklif qilingan xizmat hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar