AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA QIMMATBAXO SURAT TOPILDI

'SAMARQANDDA QIMMATBAXO SURAT TOPILDI'ning rasmi

O`tkazilayotgan o`zbek-yapon ekspedisiyasi doirasida VIII asrga oid surat topildi, deb habar bermoqda “Repost.uz” “UzbekistanToday” nashri ma`lumotiga asoslanib. U Kofir-qaladagi zardushtiylar amali aks etgan taxtacha ustida topilgan.

Topilmada Yaponiyaning Nara shahridagi “Syosoin” xazina honasida joylashgan musiqiy asbob tasvirlangan. Bu, O`zbekiston Buyuk Ipak yo`lida muhim xudud bo`lganligini isbotlaydi.

Kofir-qala majmuasi Afrosiyob shahridan 30 km janubi-sharqda joylashgan. Tahmin qilinishicha, surat hukmdor xonasida bo`lgan. Suratda mih teshiklari mavjud bo`lib, u devorga osilganini anglatadi.

“Surat to`rt qatordan iborat. Eng yuqori qatorda arslon ustida o`tirgan So`g`dning asosiy xudosi – “Nana” tasvirlangan, ikkinchisida – qo`lida “Syosoin”da saqlanadigan arfa va torli shox ushlab turgan musiqachilar. Eng pastgi qatorda – olovli tahtasupa. Ta`kidlanishicha, arfaning tarihi Shimoliy Daryo oralig`i – Assiriyada boshlangan bo`lib, so`ngra musiqiy asbob Markaziy Osiyo orqali Xitoy va Yaponiya etkazilgan”.

    Boshqa yangiliklar