Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Nukus shahrida sportchilar bilan uchrashuvda dzyudochi Elyor Masharipovga “Malibu” avtomobilini sovg`a qilgan edi. Shundan so`ng sportchi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
"Xudo xohlasa bu sovg`ani albatta Olimpiada o`yinlarida oqlab, oltin medalni olib kelib, butun O`zbekistonimizni bayrog`ini yuqoriga ko`tarishga harakat qilaman. Biz natijaga intilishimiz kerak. Faqat g`alaba, g`alaba, g`alaba. Rahmat Muhtaram Prezidentimizga", -deydi Elyor Masharipov.






