O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xo`jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo`lgani haqida ma`lumot berib o`tgan edik.
Prezident markazda “Panaev Farms” fermer xo`jaligi rahbari Qutlimurat Panaev bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Q.Panaev Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo`yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpog`istonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menedjer lavozimida ishlayotganini aytdi.
A.Qurbanov yaqinda yosh fermerlar uchun o`quv-seminarini o`tkazishni rejalashtiryapti.
Shavkat Mirziyoev Alisher Qurbanovga yurtimizga qaytib ishlayotgani uchun Kaptiva avtomashinasini sovg`a qildi. Bu haqda yaqin orada batafsil ma`lumot beramiz.






