Adliya vazirining ko`magi bilan Marg`ilon 1-tibbiyot kollejini tamomlagan Mohichehra Yusupova Qo`shtepa tibbiyot birlashmasiga ishga joylashdi.
Shuningdek, vazir ishtirokidagi uchrashuv va sayyor qabullarda fuqarolarning uy-joy, ijtimoiy muhofaza, ta`lim, tibbiyot, huquq-tartibot, bank idoralari faoliyati, ishga joylashish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalardagi murojaatlari ko`rib chiqilib, ularni hal etish bo`yicha tegishli choralar ko`rildi. Murojaatlarning aksariyatiga joyida echim topildi. Qolgan murojaatlar o`rganib chiqish uchun masalaga daxldor tashkilotlarga taqdim etildi.
19.12.2017 10:34
ADLIYa VAZIRINING KO`MAGI BILAN MOHIChEHRA IShGA JOYLAShDI






