1 yanvardan hokimiyatlarga ta`lim va tibbiyot muassasalariga metallolom topshirish bo`yicha vazifa yuklash ta`qiqlandi.
2018 yil 1 yanvardan joylardagi davlat hokimiyati organlariga ta`lim va tibbiyot muassasalari uchun metallolom va qora metallar chiqindilarini yig`ish va topshirish bo`yicha vazifa yuklash taqiqlandi. Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 18 dekabrdagi «2018 yilda metalllom tayyorlash, qora metall prokatini ishlab chiqish va iste`mol qilish to`g`risida"gi qarorida so`z boradi.
Shunday qilib, O`zbekistonda o`n yillar davomida mavjud bo`lgan (biroq rasmiy organlar tomonidan tasdiqlanmagan, hattoki inkor qilingan) maktab o`quvchilari va boshqa ta`lim muassasalari o`quvchilari tomonidan metallolom topshirish amaliyotiga chek qo`yilmoqda.






