AsosiyJamiyat

Yangi nodavlat telekanal ish boshladi

Jizzax viloyatida yangi nodavlat Jizzax TV 2 telekanali ish boshladi.

UzDaily nashrining Jizzax shahar hokimiyati ma`lumotlariga tayanib xabar berishicha, yangi kanalning ilk efirlari 21 mart kuni namoyish etila boshlagan.

Kanal muassisi “Baxtiyor-Shaxboz” ishlab chiqarish firmasi hisoblanadi. 2014 yilning yanvarida kanal test rejimida faoliyat boshlagan bo`lib, uni ishga tushirish uchun 25,56 ming AQSh dollar qiymatidagi televizion transmitterlar harid qilingan.

Hozirda kanal Bahmal va G`allaoroldan tashqari Jizzax viloyatining barcha tumanlarini qamrab oladi. Kanalni shuningdek Sirdaryo viloyatining Jizzax bilan chegaradosh ba`zi hududlarda yashovchilar ham tomosha qilishlari mumkin.

Hokimyat ma`lumotlariga ko`ra, Jizzax TV 2 kanali asosan tijoriy va ko`ngilochar ko`rsatuvlar, film va konsert dasturlarini namoyish etadi.

    Boshqa yangiliklar