AsosiyDunyo

HAR KUNI YoVVOYI HAYVONLARGA SUV TAShIYDI

'HAR KUNI YoVVOYI HAYVONLARGA SUV TAShIYDI'ning rasmi

Vaqtini ayamay jonivorlarga yordam qo`lini cho`zayotgan insonlarga ham tasanno aytsang, arziydi.

Tanishing, bu Patrik Kilonzo Mvalua. U mana bir yildirki, Keniya milliy parkidagi hayvonlarni suvsizlikdan qutqarib kelmoqda.

Suv tashish g`oyasi unda qurg`oqchilik sabab barcha suv manbalari qurib qolgandan keyin paydo bo`ldi. O`shanda Patrik milliy parkning turli joylariga suv eltib berish uchun yuk mashinasini ijaraga oldi. U har kuni suv idishlarini to`ldirish uchun yo`lga bir necha soat sarflaydi. Fillar, buyvollar, antilopalar va zebralar tanish motor ovozini eshitishlari bilanoq yugurib kelishadi.

Bugun uning asosiy maqsadi — ko`proq hayvonlarni sug`orish uchun suv tashuvchi mashinalar sonini ko`paytirishdir. Yaqinda amerikalik uch nafar ayol Patrikning loyihasi uchun internet orqali mablag` yig`a boshlashdi. Hozircha yangi yuk tashuvchi mashina sotib olish uchun 18 000 dollar naqd. Qolaversa, bu keniyalik qahramonimiz “Savo ko`ngillari” loyihasini ham boshqarib boradi. Bunda Patrik maktab­larga borib, bolalarga yovvoyi tabiatni asrash qanchalik ahamiyatli ekanini so`zlab beradi.

    Boshqa yangiliklar