AsosiyDunyo

XITOY IQTISODIYoTI 2018 YILDA 6,7 FOIZGA O`SADI

'XITOY IQTISODIYoTI 2018 YILDA 6,7 FOIZGA O`SADI'ning rasmi

2018 yilda Xitoyda iqtisodiy o`sishi sur`at 6,7 foizni tashkil etadi. Bu joriy yildagi rivojlanish prognozlaridan 0,1 foizga past. Bu haqda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan hisobotda aytilmoqda.

Hujjatda ta`kidlanishicha, “yaqin kelajakda barcha muhim omillar o`zgarmasdan barqarorligicha qoladi yoinki kichik pasayishlarni namoyon etadi”.

Prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan hukumat tahlilchilarining fikricha, kelgusi yilda AQSh, Evroittifoq va boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida pasayish kuzatiladi. Bu esa tashqi bozorlarda Xitoy mahsulotlariga bo`lgan talabning pasayishiga olib keladi.

2016 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,7 foizga o`sdi. Joriy yilda esa hukumat YaIM darajasini 6,5 foizdan past bo`lmasligini ta`minlash vazifasini o`z oldiga qo`ygan. So`nggi yillarda Xitoyda iqtisodiy o`sish darajasi pastlayotgani qayd etilmoqda. Jumladan, 2010 yilda bu ko`rsatkich 10,4 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2015 yilga kelib 6,9 foizlik o`sish qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar