AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONDA QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI NIShONLANADIGAN BO`LDI

'​O`ZBEKISTONDA QURILISh SOHASI XODIMLARI KUNI NIShONLANADIGAN BO`LDI'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisi senatorlar tomonidan ko`rib chiqilgan yana bir huquqiy hujjatdir.

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar nafaqat shahar va qishloqlar qiyofasini o`zgartirdi, balki hayotimizga alohida mazmun-mohiyat bag`ishlab, inson manfaatlariga xizmat qila boshladi. Xususan, aholini arzon va qulay turar joylar bilan ta`minlash maqsadli dasturlari doirasida namunali ko`p qavatli uylar, madaniyat va san`at markazlari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ob`ektlar qurilmoqda, shuningdek, yo`llar, ko`priklar va boshqa infratuzilma ob`ektlari barpo etilyapti.

Senatorlar ta`kidlaganidek, avgust oyining ikkinchi yakshanbasini O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni deb belgilovchi “O`zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi soha xodimlariga o`z kasb bayramini davlat miqyosida nishonlash imkonini beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

MA`LUMOT UChUN: Mazkur qonun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi farmoniga muvofiq tayyorlangan.

    Boshqa yangiliklar