25 martdan boshlab “UZPAYNET” kompaniyasi kuyidagi xizmatlar uchun to`lovlarni qabul qilish qayta yo`lga ko`yilganligini ma`lum kiladi.
O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha «O`zbektelekom» AK filiallari abonentlaridan shahar telefon tarmoqlari xizmatlari (uy telefoni) uchun hamda «O`zbektelekom» AKning «Biznesni Rivojlantirish Markazi» filiali abonentlaridan “UZONLINE” internet xizmati uchun to`lovlar qabul etish yana boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, 19 martdan UZPAYNET orqali amalga oshiriladigan to`lovlar vaqtida to`lovchilardan olinadigan kommissiyalar bekor qilindi. Shu munosabat bilan, ayrim xizmatlar uchun to`lovlarni qabul qilish, jumladan, shahar telefon tarmoqlari, internet provayderlari, televidenie xizmatlari vaqtinchalik to`xtatilib turilgan edi.