AsosiyJamiyat

NAVOIYDA 50dan ORTIQ YoShLAR ISh BILAN TA`MINLANDI

'NAVOIYDA 50dan ORTIQ YoShLAR  ISh BILAN TA`MINLANDI 'ning rasmi

Ayni kunlarda Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan turli loyihalarni qamrab olgan “Yoshlar haftaligi” yuqori saviyada o`tkazilmoqda. Bugun ushbu haftalik doirasida bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada Navoiy shahridan 60 ta tashkilot va korxona 332 ta bo`sh ish o`rini bilan qatnashdi.
Qolaversa, Navbahor, Karmana, Qiziltepa tumanlari ham o`zida mavjud bo`sh ish o`rinlari bilan yarmarkada ishtirok etdi.

— Men Navoiy davlat konchilik institutini tugatganman. Hozirgi kunda ishsiz edim. Ko`p joylarga murojaat qildim. Natija bo`lmadi. Yoshlar ittifoqi tashkil etayotgan ushbu bo`sh ish o`rinlari yarmarkasiga qiziqib keldim. Qarangki, Navoiy neft mahsulotlari korxonasiga ishga joylashish uchun yo`llanmani qo`lga kiritdim. Oylik maoshi ham menbop ekan. Endilikda yangi bosqichdagi faoliyatimni ushbu korxonada boshlayman, —dedi biz bilan suhbatda Iskandar Doniyorov.
Bugun aka-uka Sherzod va Dilshod Sodiqovlar ham Sun`iy tolani yigirish sexida ishga joylashish uchun yo`llanmani qo`lga kiritdi. Sherzodbek 7 yildan beri ishsizlikdan qiynalib, bugun o`z sohasi bo`yicha band bo`layotganidan nihoyatda xursand. — Yoshlar ittifoqi bizlarni tushunyapti, bizga nima kerakligini o`z vaqtida payqayapti.

Yarmarka davomida 66 nafar aholi va yoshlar ishga joylashish bo`yicha yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Ma`lumot o`rnida, bugungi kunda Yoshlar ittifoqi yoshlarning bandligini ta`minlash bo`yicha Respublika bo`ylab yagona mexanizm joriy qilgan.

    Boshqa yangiliklar