AsosiySPORT

Superkompyuter O'zbekistonning JChdagi imkoniyatlarini baholadi

“Opta” superkompyuteri AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

'Superkompyuter O'zbekistonning JChdagi imkoniyatlarini baholadi'ning rasmi

Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasining chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli 0,07 foiz deb ko'rsatilgan.

Prognozlarga ko'ra, musobaqa favoriti sifatida Ispaniya terma jamoasi qayd etilgan. Luis de la Fuente boshchiligidagi jamoaning chempion bo'lish imkoniyati 15,43 foizga baholangan.

Reytingda Fransiya terma jamoasi 12,54 foiz bilan ikkinchi, Angliya esa 10,88 foiz bilan uchinchi o'rinni egallagan.

O'zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida beshinchi natijani qayd etgan. Qit'a jamoalari ichida Yaponiya (1,47 foiz), Janubiy Koreya (0,37 foiz), Eron (0,24 foiz) va Saudiya Arabistoni (0,07 foiz) yuqoriroq baholangan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi 26 may kuni AQShga yo'l oladi. Jamoa u yerda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi hamda 1 iyun kuni Kanada, 8 iyun kuni esa Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar