Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 20 dekabr kuni Qoratepa qishlog`ida yashovchi, 1962 yilda tug`ilgan. O`.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 14 dekabr soat 20.00larda noma`lum shaxslar shu qishloq hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan 3 bosh qoramolini o`g`irlab ketganliklarini ma`lum qilgan.
Ko`rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Qoratepa qishlog`ida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan Sh.B. va shu qishloqda yashovchi 1986 yilda tug`ilgan D.Q lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






