«Rossiya 24» telekanali, «Komsomolskaya pravda» gazetasi va boshqa bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan 78 yoshli O`zbekiston fuqarosi Nella Stepanovna Chevtaeva to`g`risida ma`lumot tarqatildi, deb xabar qildi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati. U Belarusda o`z o`g`li bilan doimiy yashash uchun 16 dekabr kuni «Domodedovo» aeroportiga uchib kelgan edi.
Matbuot tarqatgan ma`lumotga ko`ra N.Chevtaeva Moskva viloyatining Domodedova shahrida kaltaklash izlari bilan og`ir ahvolda volontyorlar tomonidan topilgan.
25 dekabr kuni O`zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo`limiga jabrlanuvchining nabirasi murojaat qildi va unga shaxsni tasdiqlash tartibi tushuntirildi hamda to`ldirish uchun anketalar berildi. Lekin u buvisi haqidagi ma`lumotlarga ega emasligini bildirib, hujjatlarni olib ketgan va Konsullik bo`limiga boshqa murojaat etmagan.
Hozirgi vaqtda Elchixonaning Konsullik bo`limi xodimi jabrlanuvchiga yordam berish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat masalasini hal qilish uchun N.Chevtaeva joylashgan joyga etib bordi.






