2018 yil 1 yanvaridan, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, tibbiyot muassasalarida ishlayotgan nafaqaxo`r shifokorlar pensiya pulini to`liq hajmda oladi. Bu O`zbekiston Prezidentining 29 dekabrdagi «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha sharoitlar yaratish to`g`risida»gi qarorida ko`zda tutilgan, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda qayd etilishicha, qabul qilingan qaror qishloqlarda va olis tumanlarida faoliyat ko`rsatayotgan shifokorlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.
30.12.2017 10:09
IShLAYoTGAN NAFAQAXO`R ShIFOKORLAR PENSIYa PULINI TO`LIQ OLADI






