AsosiyJamiyat

BAYRAM TA`TILLARIDA YuRTIMIZDA “OLTIN HAFTALAR” JORIY ETILADI

'BAYRAM TA`TILLARIDA YuRTIMIZDA “OLTIN HAFTALAR” JORIY ETILADI'ning rasmi

Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekistonda Yangi yil, Navro`z va Mustaqillik bayramlari, Ramazon va Qurbon hayitida qo`shimchadam olish kunlari e`lon qilindi.

Prezidentning bu farmoni mamlakatimiz fuqarolari uchun kutilmagan sovg`a bo`ldi. Albatta, bayram munosabati bilan beriladigan qo`shimcha dam olish kunlari evaziga hamyurtlarimiz oila davrasida, yaqinlari bilan hordiq chiqarish, bayramni ko`ngildagidek nishonlash imkoniga ega bo`ladilar. Bu kunlar davomida yurtimizning turli ziyoratgohlari, qadimiy shaharlariga ham sayohatlar uyushtirish, o`lkamizning xushmanzara go`shalari tarovatidan bahra olish mumkin.

Mamlakatimizda tez kunlarda bayramlar munosabati bilan beriladigan ta`til kunlarini yanada maroqli o`tkazish uchun Yaponiya, Xitoy singari jahonning bir qator mamlakatlar tajribasidan o`tgan Golden Week (oltin hafta) loyihasi amalga oshirilishi kutilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasidan ma`lum qilishlaricha, hukumatimiz tomonidan hamyurtlarimizning bu kabi ziyorat va sayohatlarini amalga oshirishni ko`zda tutuvchi bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Endi turli korxona va tashkilotlar tegishli turistik firmalar bilan hamkorlikda bayram ta`tilari davomida yurtimizning qator shaharlari bo`ylab o`z xodimlari uchun sayohatlar tashkil etishlari mumkin. Mazkur hujjatlarda ana shunday sayohatlar tashkil etgan korxonalarga soliq imtiyozlarini belgilash ham nazarda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar