2018 yildan boshlab Rossiya va Qozog`iston temiryo`l yo`nalishidagi to`g`ridan-to`g`ri yo`lovchi reyslariga chegirmalar joriy qilinadi. Bu haqda «O`ztemiryo`lyo`lovchi» aksiyadorlik jamiyati xabar tarqatdi, deya ma`lum qildi O`zA.
2 yanvardan e`tiboran chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilandi:
Chipta poezdning jo`nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilinsa, 45 foizlik chegirma;
30-6 sutka oldin — 35 foizlik chegirma;
45-31 sutka oldin — 35 foizlik chegirma;
30-6 sutka oldin — 35 foiz chegirma.
5 sutka oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilinsa, 5 foizli ustama qo`shilishi mumkin.
Mazkur chegirmalar ichki yo`nalishlar, shuningdek, uyushgan yo`lovchilar guruhiga nisbatan tatbiq etilmaydi.