AsosiyDunyo

SARATONGA ChALINGAN AKTRISA JONLI EFIR PAYTIDA SEVGANIGA TURMUShGA ChIQDI (VIDEO)

'SARATONGA ChALINGAN AKTRISA JONLI EFIR PAYTIDA SEVGANIGA TURMUShGA ChIQDI (VIDEO)'ning rasmi

Gollivud aktrisasi va jurnalist Mariya Menunosga 2017 yilning kuz faslida miya saratoni tashxisini qo`yilgan edi. Aktrisa Yangi yil bayrami arafasida shahardagi Tayms-skver maydonida sevgan insoni, rejissyor va prodyuser Kevin Andergaroga turmushga chiqdi. Bu haqda 24tv nashri ma`lum qildi.

Mariya to`yida boshlovchilik qildi va o`zini eng baxtiyor kelinchak deb e`lon qildi.
Kelin to`yda juda hashamdor oq ko`ylakda namoyon bo`ldi.

U sevgan insoni bilan 20 yildan buyon tanish. Turmush qurish fikri esa aktrisada saraton kasalligi alomatlari aniqlangandan keyin yanada qat`iylashdi.

Qayd etish kerakki, Mariya yil so`nggida og`ir operasiyani boshdan kechirgan va shifokorlar tomonidan kasallik yana xuruj qilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Kevin Mariyani bir daqiqaga bo`lsa-da yolg`iz qoldirgani yo`q.

Ming afsuski, saraton aktrisaga kelgan yagona g`ussa emas. Aktrisaning volidasi ham miya saratoni bilan kurashmoqda.
“Onam uchun yaxshi yangilik! Biz bugun Tayms-skverda turmush quryapmiz. Men eng sovqotadigan, biroq eng baxtli kelinchak bo`laman” - deb yozadi Mariya Instagram‘dagi sahifasida.

Eslatib o`tamiz, aktrisa Mariya Menunos turli seriallardagi rollari orqali tanilgan, 1996 yilda esa “Massachusets go`zali” tanlovi g`olibasiga aylangan.
Mariya Menunos i Kevin Andergaro








    Boshqa yangiliklar