AsosiyDunyo

QOBULDA RO`Y BERGAN TERAKT OQIBATIDA 15 KIShI HALOK BO`LDI

'QOBULDA RO`Y BERGAN TERAKT  OQIBATIDA 15 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Afg`oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etilishi oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, 20 kishi yaralandi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.

Portlash 4 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30da Qobulning Banoiy tumanida, AQSh elchixonasi yaqinida sodir bo`ldi. Guvohlarning ma`lumot berishicha, mazkur teraktni terrorchi-xudkush amalga oshirgan. Nashrning xabar berishicha, terakt oqibatida asosan o`sha hududda xizmatni o`tayotgan polisiyachilar halok bo`lgan.

Mahalliy amaldorlarning ma`lumotlariga ko`ra, polisiyachilar bu hududda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar sotilishiga qarshi operasiya o`tkazishayotgan bo`lgan. Xudkush u tomonga polisiyachilar yaqinlashayotganini sezgandan keyin bombani portlatgan.

Hozircha hech qaysi bir terrorchilik guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmagan. Ayni vaqtda portlash sodir etilgan hudud polisiyachilar tomondan o`rab olingan.


    Boshqa yangiliklar