1

BIR KUNDA 1559 QOIDABUZARLIK!

Jinoyat 05.01.2018, 15:47
BIR KUNDA 1559 QOIDABUZARLIK!

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 2018 yilning 4 yanvar kuni yo`l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo`l harakati qoidabuzarliklariga yo`l qo`yilganlik holatlarini aniqlash borasida o`tkazilgan tadbir davomida yo`l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 1559 ta qoidabuzarliklar aniqlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy veb-sayti.

Ularning 12 tasi mast holatda transport vositasini boshqarish, 13 tasi transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 18 tasi svetoforning taqiqlovchi chirog`iga rioya qilmaslik, 15 tasi harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 150 tasi odam tashish qoidalarini buzish, 97 tasi tezlikni belgilangan me`yordan oshirish, 6 tasi bo`ysunmaslik, 562 tasi xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo`ysunmaslik holati hisoblanadi.

48 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1