AsosiyJamiyat

ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA BAG`IShLANGAN ILK ROMAN NAShRDAN ChIQDI

'ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA BAG`IShLANGAN ILK ROMAN NAShRDAN ChIQDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasiga bag`ishlangan ilk roman nashrdan chiqdi, deb yozadi Namnews.uz.

“Jasorat” nomli mazkur roman namanganlik yozuvchi Isoqjon Nishonov qalamiga mansub. 228 sahifadan iborat asarda Birinchi Prezidentning mustaqillikning dastlabki yillaridagi jasorat, matonat, fidoyilik bobida tahsin va ta`zimga loyiq hayoti va faoliyatini qalamga olgan, deyiladi xabarda.

Asar “Namangan” nashriyoti tomonidan tayyorlanib, Toshkentdagi “Yosh kuch press matbuoti” bosmaxonasida chop etilgan.

    Boshqa yangiliklar