Asadjon Xo`jaev Islom Karimov ilmiy-ma`rifiy majmuasi rahbarining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Asadjon Xo`jaev 1970 yilda tug`ilgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti va Prezident huzuridagi davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo`yicha elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.
Oxirgi paytlarda O`zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi o`rinbosari — Prezident matbuot xizmati rahbari bo`lib ishlayotgandi. Undan oldin — 2012—2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori sifatida faoliyat yuritgan.