AsosiyJamiyat

9 TONNALIK PALOV! REKORD YaNGILANADI, 2200 KG GURUChGA OSh DAMLANADI!

'9 TONNALIK PALOV! REKORD YaNGILANADI, 2200 KG GURUChGA OSh DAMLANADI!'ning rasmi

Palov 14 yanvar kuni 2000 o`ringa mo`ljallangan markaziy stadionda tayyorlanadi.

Denovlik oshpazlar qariyb 9 tonnalik palovni tayyorlab, rekordni yangilash tashabbusi bilan chiqishdi. Tuman va viloyat hokimiyati mazkur tashabbusni qo`llab-quvvatladi.

Palovni tayyorlash uchun 46 nafar oshpaz jalb etilib, 2000 kg mol go`shti, 250 kg qo`y dumbasi, 2200 kg guruch, 3000 kg sabzi, 250 kg piyoz, 210 litr o`simlik, 250 l zig`ir va 100 l kungaboqar yog`i, shuningdek 70 kg tuz, 240 kg no`xat, 100 kg mayiz, 5 kg zira va 5 kg qora murch solinadi. Mahsulotlarning jami vazni qariyb 9 tonnani tashkil etadi.

Taom avvalgi rekord o`rnatilgan qozonda tayyorlanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tayyorlangan qozon diametri 4,2 m, umumiy vazni 8,8 tonnani tashkil etadi.

Manba: «Gazeta.uz»

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar