AsosiyJamiyat

JENISBEK PIYaZOV REP AYTGANI HAQIDA

'JENISBEK PIYaZOV REP AYTGANI HAQIDA'ning rasmi

Nukus shahrida joylashgan «Yoshlar markazi»da O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist, opera ijrochisi – Jenisbek Piyazov va Qoraqalpog`iston xalq jiravi Janibek Piyazov bilan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublika Kengashi qoshidagi «Yosh reportyorlar» klubi a`zolari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Kruz.uz ma`lum qildi.

Uchrashuvda aka-uka Piyazovlar moderator Furqat Yusupov va blogerlarning savollariga javob qaytardi. Bu haqda Islam Turganbaev o`z blogida yozdi.

J.Piyazov bugungi kunda nimalar bilan mashg`ul ekani haqida shunday dedi.

«Ayni paytda siyosiy tarafdan ham, shou biznes tarafdan ham o`z faoliyatimni olib bormoqdaman. Mana bugun Xo`jayli tumanida «Mehribonlik uyi»da konsert bermoqchimiz. Bu erdan chiqib to`g`ri o`sha joyga yo`l olamiz.



Jenisbek operaga kirib kelishdan oldin rep aytgan. «Qanday qilib opera yo`nalishi ijrochisi rep aytgan bo`lishi mumkin?» degan savolga u quyidagicha javob qaytardi.

«Nimaga mumkin emas, menimcha opera repga o`xshab ham ketishi mumkin. Operaga Italiyada asos solingan. Italiya xalqi esa ona tilida tez gapiradi. Opera ham asosan tez aytiladi. Shu tufayli rep aytish menga hatto foydasi ham tegdi. Nukus shahri va Xo`jayli tumanidagi repperlarning ko`pchiligi ham bu yo`nalishni mendan o`rgandi desam aslo mubolag`a bo`lmaydi. Lekin hozir Rep bizning o`smir davrimizdagidek yuqori darajada emas deb hisoblayman».



    Boshqa yangiliklar