AsosiyJamiyat

SAMARQAND VA BUXORO ShAHARLARIDAN DUShANBEGA SAMOLYoT QATNOVI QO`YILIShI KUTILMOQDA

'SAMARQAND VA BUXORO ShAHARLARIDAN DUShANBEGA SAMOLYoT QATNOVI QO`YILIShI KUTILMOQDA'ning rasmi

Kelgusida Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahridan Samarqand va Buxoro shaharlariga havo qatnovlari qo`yilishi mumkin. Bu haqda “Xabar.uz” ma`lui qildi.

— Parvozlar «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu masalada tegishli hujjatlar tayyorlanib, O`zbekiston tomonga yuborilgan, — deya xabar beradi manba.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda «O`zbekiston havo yo`llari» aviakompaniyasining samolyotlari har haftaning seshanba kunlari «Toshkent — Dushanbe — Toshkent» yo`nalishi bo`yicha parvoz qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar