AsosiySport

EChL. “Real” mag`lubiyatga uchradi (VIDEO)

Kecha Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi javob uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Birinchi uchrashuvda o`z maydonida 3:0 hisobida g`alaba qozongan Madridning “Real” klubi mehmonda “Borussiya”dan mag`lubiyatni qabul qilib oldi. Ammo, 2:0 hisobidagi g`alaba “Borussiya”ni yarim finalga olib chiqish uchun etarli bo`lmadi.

 

“Chelsi” birinchi uchrashuvda “PSJ” maydonida 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchragan edi. Yarim finalga chiqish uchun esa londonliklar 2:0 hisobida g`alaba qozonishlari lozim edi. Joze Mourinyu shogirdlari bu vazifani uddalashdi. Uchrashuvda to`liq ustunlik “Chelsi” tomonida bo`ldi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Shyurrle hisobni ochgan bo`lsa, 87-daqiqada Demba Ba kiritgan to`p “Chelsi”ni yarim finalga olib chiqdi. 

 

    Boshqa yangiliklar